Fevzi Davletov: "Bizda hech narsa o‘xshamadi"

  • 16 mart, 23:49
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing 2-turidan o‘rin olgan "Surxon" - "Xorazm" (0:2) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Fevzi Davletov matbuot anjumanida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

"Albatta, bugungi uchrashuv Termizdagi "Surxon" arenada katta tanaffusdan so‘ng birinchi o‘yin edi. Muxlislarga ochilish o‘yinida g‘alaba taqdim etishni istagandik. Lekin bugun jamoamizda ko‘p harakatlar samarasiz bo‘ldi.

Xatoliklarga yo‘l qo‘ydik, buning evaziga bir emas, ikkita gol o‘tkazib yubordik. Bugun bizda hech narsa o‘xshamadi. Jamoamiz muxlislaridan uzr so‘raymiz. Barcha mas’uliyatni murabbiylar shtabi zimmasiga olaman. Biz natija uchun mas’ulmiz. Ikkinchi bo‘limda o‘zgarishlar amalga oshirdik. Buning natijasida o‘yinni o‘zgartirmoqchi edik, o‘xshamadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!