Fevzi Davletov Nimeli haqida: Izoh berishni ham xohlamayman

  • 31 may, 2024, 21:39
  • Karim Xudayqulov
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Superligasi 10-turidan o‘rin olgan "Surxon" - "So‘g‘diyona" (1:0) bellashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Fevzi Davletov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 

- Birinchi navbatda yigitlarni g‘alaba bilan tabriklayman. Shuningdek, muxlislarni ham. Yaxshi raqibga qarshi ajoyib o‘yin guvohi bo‘ldik. "Lokomotiv"ga qarshi bellashuvda ko‘p kamchiliklarimiz bor edi. Shu sababli, mazkur bellashuvga yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik. Yigitlar bugun men aytgan ko‘rsatmalarni ko‘nglimdagidek bajarishdi.

- O‘tgan uchrashuvda ham, bugungi bahsda ham kamchiliklar bo‘ldi. Murabbiylar shtabi "Lokomotiv"ga qarshi o‘yinni birgalikda tahlil qilib, birinchi zonadan ikkinchi zonaga o‘tishda 14 ta xatoni ko‘rdik. Bugungi raqibimizning darajasi u qadar yomon emasdi. Shunchaki, biz yaxshiroq harakat qildik. 

- Tan olamiz, Doriev "So‘g‘diyona"ning hal qiluvchi o‘yinchilaridan hisoblanadi. Biroq uni qo‘riqlash uchun alohida futbolchi tayinlamadik. Biz avvalo o‘zimizning o‘yinimizni yaxshiroq qurib, o‘z kamchiliklarimizni kamaytirishga harakat qildik. Hech qaysi futbolchiga qarshi kimdir personal harakat qilmadi. 

- Ulug‘bek Hoshimovning 4 ta sariq kartochkasi borligi sababli bu bellashuvni o‘tkazib yubordi.
(Silvanus Nimeli bo‘yicha ma’lumot ijtimoiy tarmoqlarimizda chiqadi - matbuot kotib) 
 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
АНГЕЛ СТАРТ
01/06/2024 03:38
ОЛГА СУРХОН КЕЙИНГИ ТУРЛАРДА ОМАД МУХЛТСЛАРНТ ХУРСАД КИЛИШДА ДАВОМ ЭТИНГЛАР
ишбобоев жума
31/05/2024 21:49
Сен Потапов ни сигдирмадинг,энди Нимелига йул бермаяпсан. Утган йили Сурхонни шулар кутардику. Хозир тайер ошга баковуллик килиб,С. Арслановни жамоасини бошкараяпсан. Аввал мехнат кил,сунгра гапирасан. Сурхон олга.