
Fevzi Davletov: "Qo‘pol xato golga sabab bo‘ldi"
Superligada 17-tur o‘yinlari davom ettirildi. "Surxon" jamoasi bu tur "Navbahor"ga qarshi bahs olib bordi va 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bellashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Fevzi Davletov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
"Juda alamli mag‘lubiyatga uchradik. "Navbahor" 4 kun ko‘proq dam olgani sezildi. Biz esa, "Paxtakor" bilan og‘ir uchrashuv o‘tkazdik. Bizga harakat etishmadi. Qo‘pol xato golga sabab bo‘ldi. Agar xato qilsak, o‘yinga qaytishimiz qiyin bo‘lar edi. Buni bilar edik. Ikkinchi bo‘limda o‘zgarishlar qildik, ammo vaziyat yarata olmadik. Agressiya etishmadi.
"Andijon" bilan kubokdagi bahs haqida fikringiz?
Bizni oson bo‘lmagan bellashuv kutib turibdi. Bu yarim final ekanligini barcha jamoa bilib turibdi. G‘alaba final yo‘llanmasini beradi.
Dilshod Yo‘ldoshevning jarohati va Davron Merganovning harakatlari haqida fikringiz?
O‘ylashimcha, sentyabr oyida Yo‘ldoshevning masalasi to‘liq hal bo‘ladi. Davron yaxshi o‘yin o‘tkazdi. Unda hech qanday muammo yo‘q", - dedii Davletov.
Fikrlar