FIFA "Atletiko"ning appelyatsiyasi bo‘yicha qarorini e’lon qildi
Halqaro Futbol Federatsiyasi (FIFA) "Atletiko" himoyachisi Kiran Tripperning appelyatsiyasini rad etdi. Oldinroq, tashkilot himoyachiga qo‘yilgan cheklovni vaqtincha to‘xtatishga qaror qilgan edi.
30 yoshli himoyachi Angliya Futbol assotsiatsiyasi tomonidan totalizator o‘yinlaridagi ishtiroki uchun 10 haftaga rasmiy o‘yinlardan chetlatgan edi. Qayd etilishcha, ushbu cheklov klub va terma jamoa ishtirokidagi barcha o‘yinlarga amal qiladi.
Joriy mavsumda Tripper "Atletiko" safida barcha turnirlarda 19 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta golli uzatma berdi.



Fikrlar