
FIFA Bahrayn terma jamoasi a’zosini 10 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qildi
Bahrayn terma jamoasi a’zosi Said Bakir irqchilik qilgani uchun FIFA tomonidan 10 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi. Bu haqda Sky Sports xabar tarqatmoqda.
Gap shundaki, bahraynlik futbolchi JCh-2022 saralashidan o‘rin olgan Gongkongga qarshi safar uchrashuvida mezbon muxlislarga qarata ko‘zlarini qisgan. Bu holat esa futbolchi maydondan chiqib ketayotgan payt kameralar tomonidan yozib olingan.
Bakir shuningdek 23,600 funt sterling jarimaga ham tortilgan.
Fikrlar