FIFA “Ordabasi”ni o‘zbekistonlik futbolchidan qarzdor deb topdi

  • 24 oktabr, 17:20
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

FIFA nizolarni hal etish palatasi  Shahboz Umarov bilan Qozog‘istonning "Ordabasi” klubi orasidagi moliyaviy tortishuv bo‘yicha qaror chiqardi.

Tecno

Umarov 2023 yilda jamoa bilan chempionlikka erishganidan so‘ng vada qilingan bonus va ta’til kompensatsiyasini olmaganini bildirgan. Futbolchining hisob-kitobiga ko‘ra, klub unga 31,69 million tenge (58,8 ming dollar) qarzdor.

 FIFA qaroriga binoan, “Ordabasi” futbolchiga14,8 million tenge mukofot puli hamda 16,8 million tenge ta’til kompensatsiyasini, har ikki summaga 5 foiz miqdorida foiz hisobida, to‘lashi lozim.

Ma’’lumot uchun,  Shahboz klub safida 3 yil davomida 77 ta o‘yin o‘tkazib, 7 ta gol urgan va 7 ta golli uzatma bergan. U 2022 yilda Qozog‘iston Kubogi, 2023 yilda esa mamlakat chempionligini qo‘lga kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!