FIFA Peleni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi (video)

  • 23 oktabr, 2019, 18:05
  • 0
  • Futbol

FIFA matbuot xizmati tashkilotning tvitterdagi sahifasi orqali braziliyalik futbol qiroli Peleni tavallud ayyomi bilan tabrikladi.

“Faqat u 3 marta Jahon chempionligini qo‘lga kiritgan. Yagona va takrorlanmas Pele bugun 79 yoshga to‘ldi”, - deb yoziladi FIFA rasmiy tvitter sahifasida.

Ma’lumot uchun, Pele faoliyati davomida "Santos" va "Nyu-York Kosmos" klublarida to‘p surgan. Braziliya terma jamoasi safida esa 92 ta o‘yinda maydonga tushib, 77 ta gol urishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!