
FIFA prezidenti: "Futbolda zo‘ravonlikka o‘rin yo‘q"
FIFA rahbari Janni Infantino turk futbolidagi mojaro haqida gapirdi. Turkiya Superligasining 15-turidan o‘rin olgan "Rizespor"ga qarshi o‘yindan so‘ng "Ankaraguju" klubi prezidenti bosh hakamni kaltakladi.
"Futbolda zo‘ravonlikka o‘rin yo‘q. Bunday xatti-harakatlarga sportda ham, jamiyatda ham o‘rin yo‘q. Men uchrashuv o‘tkazadigan rasmiylardan barcha xavfsizlikni ta’minlashni so‘rayman. Hamma xavfsiz bo‘lishi va futboldan zavq olishi kerak", - dedi Infantino ijtimoiy tarmoqda.
Oldinroq ushbu voqea tufayli Turkiyaning barcha ligalaridagi o‘yinlar qoldirilgani ma’lum bo‘lgandi.
Fikrlar