FIFA Qatardagi jahon chempionatida robotlar xizmatidan foydalanmoqchi

FIFA Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida yangi texnologiyadan foydalanishni rejalashtirmoqda.

Xabar qilinishicha, FIFA robotlardan qanot hakami sifatida foydalanmoqchi. Tashkilotning texnologiyalar bo‘yicha direktori Yoxannes Xoltsmyuller robotlar ofsaydni aniqlaydigan tizim o‘rnini egallashini ma’lum qilgan. Ta’kidlanishicha, yangi tizim futbolchilarning oyoq o‘lchamlarini ham inobatga oladi.

Eslatib o‘tamiz, robot-laynsmenlarning ilk sinovi o‘tgan yilgi klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida bo‘lib o‘tgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!