Filiposyan Tailand Liga Kubogi chempioni bo‘ldi (FOTO)

  • 29 sentabr, 2019, 02:01
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

28 sentyabr kuni Tailand futbolida katta voqealik yuz berdi. Mamlakatning ko‘zga ko‘ringan birinchi raqamli jamoasi "Buriram" Tailand Liga Kubogi finalida "Prachuap" jamoasiga mag‘lub bo‘ldi.

Tecno

E’tiborli tomoni "Prachuap" tarkibida hamyurtimiz Artyom Filiposyan uchrashuvda to‘liq harakat qildi va penaltilar seriyasida gol urib, jamoasining g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi. Bundan tashqari, "Paxtakor"ning sobiq legioneri Adnan Oraxovats ham Filiposyanning jamoadoshi hisoblanadi.

Uchrashuv keskin va qiziqarli tarzda kechdi va 1:1 hisobida yakuniga etdi. Bellashuvdan keyingi penaltilar seriyasida "Prachuap" klubi 8:9 hisobida g‘alabani qo‘lga kiritib, o‘z tarixida ilk bor chempionlikni nishonladi.

Tailand Liga Kubogi xalqaro miqyosga yo‘llanma bermasa-da, ushbu turnirga mamlakatda qiziqish va e’tibor juda yuqori.

Ma’lumot uchun, "Prachuap" klubi Tailand chempionatida ikkinchi yil qatnashmoqda va joriy mavsumda 27-turdan so‘ng, 8-o‘rinni band etib turibdi.

photo_2019-09-29_01-15-46

photo_2019-09-29_01-15-44

photo_2019-09-29_01-15-41

photo_2019-09-29_01-02-52

Buriram-United-1-18-9-PT-Prachuap-FC

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Azalshoh
29/09/2019 14:20
Filiposyan qaerda o'ynasayam yurakdan o'ynaydi!!! Respect, ARAga!!!
MATEVOSYAN JENIK
29/09/2019 08:31
FILIPOSYAN BIZ SIZ BILAN GURURLANAMIZ. SIZ DOIMO BIZNI XURSAND QILING. SIZGA OLGA