
Filippinlik darvozabon "Liverpul" nigohiga tushdi
"Liverpul" "Kardiff Siti" darvozaboni Nil Eterijni sotib olish borasida taklif bildirdi. Wales Online nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, filippinlik posbonga APLga chiqqan "Aston Villa" klubidan ham qiziqish bo‘lgan.
Ushbu yozda Mersisayd klubining ikkinchi darvozaboni Simon Minole jamoani tark etishi kutilmoqda. "Beshiktosh"ga ijaraga berilgan Lorius Karius esa yana faoliyatini Turkiyada davom ettirishi aytilmoqda.
Fikrlar