
"Final oldidan final!"
Xabaringiz bor, Belgradda start olgan boks bo‘yicha jahon chempionatida vakillarimiz ham to‘liq tarkib bilan ishtirok etmoqda. Birozdan keyin ringga Rio Olimpiadasi chempioni Hasanboy Do‘smatov ko‘tariladi. Uning jangidan oldin sharhlovchi Davron Fayziev o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:
"Jahon chempionatida Hasanboy Do‘smatov o‘z ishtirokini boshlaydi. Birinchi bosqichdayoq unga qarshi Olimpiada sovrindori Saken Bibosinov ringga chiqadi. Ikkisi ham toifa favoritlaridan. Qur’aga ko‘ra ikkinchi bosqichda ham ushbu juftlik toplarga qarshi chiqadi.
Hasanboy 2019 yil aprelidan beri havaskor ringga chiqmayotgandi, shu sababli Bibosinov bilan ular avval to‘qnashmagan. Bu esa jang intrigasini yanada oshirmoqda.
Yaqinda Angrenda o‘tgan yig‘in payti unga shunday savol berishgan:
– Hozirgi va 2017 yilgi JChdagi Hasanboyni solishtirsa, kim yaxshi formada?
Javob:
– Hozirgi Hasanboy. Gamburgda finalgacha borgan bo‘lsam ham, Riodan keyin juda ko‘p tadbirlarda bo‘lib mashg‘ulotlarni o‘tkazib yuborganim bilingan. Bu gal etarli darajada ishladik. Shu jihatdan hozirgi holatim Gamburgdagidan yaxshiroq.
Fikrlar