Finalda argentinalik muxlislarning katta armiyasi ishtirok etadi

  • 17.12.2022 10:41
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol

Xabaringiz bor, ertaga JCh finali bo‘lib o‘tadi. Frantsiya va Argentina terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinni tomosha qilish uchun 50 000ga yaqin argentinalik muxlis tashrif buyuradi.

L'Equipe xabariga ko‘ra, stadionda o‘z jamoasini olqishlovchi 6000 ga yaqin frantsuz bo‘lishi kutilyapti. Uchrashuv 88 969 tomoshabinga mo‘ljallangan "Lusail" stadionida bo‘lib o‘tadi. Bundan kelib chiqsak, arenaning yarmidan ko‘pi janubiy amerikaliklarni tashkil qiladi.

Argentina yarim finalda Xorvatiyani taslim etgan bo‘lsa, frantsuzlar Marokash ustidan g‘alaba qozongan edi. Final oldidan "uch ranglilar"ning bir qator futbolchilari shamollash tufayli bahsda ishtirok eta olmasliklari mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi.

Eslatib o‘tamiz, JCh-2022 finali 18 dekabr, yakshanba kuni Toshkent vaqti bilan 20:00da bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!