Finaldanda qiziqroq o‘tishi kutilayotgan uchrashuv haqida!

  • 9 iyul, 15:54
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor,  bugun Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatining yarim final bahsining navbatdagi uchrashuvi  bo‘lib o‘tadi. Mazkur bosqichda "Real" va PSJ o‘zaro kuch sinashadi. Hozir esa har ikkala jamoaning yarim finalgacha bosib o‘tgan yo‘lini ko‘rib chiqamiz.
"Qaymoqranglilar" chempionatda "H" guruhidan o‘rin  olgan bo‘lib,  ikki g‘alaba va bir durrang qayd etdi. Nimchorak  finalda "Yuventus" taslim etildi. Chorak finalda  esa nisbatan kuchsizroq raqib deya aytilgan "Borussiya D" bilan kechgan bahsda Gonsalo Garsiyaning  goli Xabi Alonso shogirdlarining g‘alabasi uchun etarli bo‘ldi.

Tecno

Navbat parijliklarga.  Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida frantsuzlar "B" guruhidan o‘rin olgan edi. Luis Enriki shogirdlari ikki g‘alaba va bir mag‘lubiyat bilan guruhdan chiqdi.  Nimchorak finaldagi raqib Xaver Maskerano boshchiligidagi "Inter Mayami" klubi bo‘ldi.  Bu uchrashuvda Amerika jamoasiga PSJ  hech qanday imkoniyat qoldirmagan holda chorak finalga chiqdi. Navbatdagi bahs Myunxenning "Bavariya"siga qarshi kechdi. Jangovar to‘qnashuvlarda kechgan o‘yinda  parijliklar ishonchli g‘alaba  qozondi.  

Bugun esa sarlavhada keltirilganidek, final oldidan final bo‘lishi kutilmoqda. Bunga yaqqol  isbotni ikki klubning ohirgi paytlarda qilayotgan natjalarida ko‘rishingiz mumkin.  Shunisi ham aniqki, bu erda aniq favorit deb ko‘pchilik PSJ ni e’tirof qilmoqda.  Aslida ham shundaydir. Biroq "qirollik klubi" ham anoyi jamoalardan emasligini bilamiz. Jamoa o‘tgan mavsumda biroz omadsizlikka uchragan bo‘lsada, ayni damda ushbu turnirda eng yaxshi natjalarni qayd etdi. Turnirning  to‘purarlar reytinggida eng yaxshi ko‘rsatkichni Gonsalo Garsiya bo‘lib turibdi. Assistlar borasida ham "Real" futbolchisi Arda Gyuler etakchi bo‘lmoqda.

Eslatib o‘tamiz, "Chelsi" birinchi finalchiga aylandi. Bugun ikkinchi finalchi nomi ma’lum bo‘ladi.

Og‘abek Xursanov

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!