"Fiorentina" futbolchisi o‘yin vaqtida o‘zini yo‘qotib qo‘ydi va u shifoxonaga olib ketildi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Fiorentina" yarim himoyachisi Gaetano Kastrovilli A Seriyaning 21-turida "Jenoa" (0:0) ga qarshi uchrashuv davomida hushini yo‘qotdi.

Futbolchi bellashuvning 65-daqiqasida o‘zini yomon his etgani uchun almashtirildi.

"Fiorentina" bosh murabbiyi Juzeppe Yakini aytishicha, Kastrovilli nima bo‘lganini, qanday pozitsiyada o‘ynayotganini va hatto qaerda ekanligini eslay olmadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 22 yoshli italiyalik tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun mahalliy kasalxonaga yotqizilgan, unga akasi va qiz do‘sti hamrohlik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!