
Firdavs Hasanov erta tongda jang qiladi!
AQShda faoliyatini davom ettirayotgan, o‘zbekistonlik MMA jangchisi Firdavs Hasanovning navbatdagi jangini ertaga 25 may tongida o‘tkazadi. U super engil vazn (56,7 kg) toifasida “Combat 7 “ turnirida jang qiladi. Unga AQSh vakili Karlos Lozoya raqiblik qiladi.
Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish kerakki, AQShda o‘zbekistonlik sportchilarni yaqindan qo‘llab-quvvatlab keluvchi Azamat Asadovning ma’lum qilishicha, katta ehtimol bilan ushbu jangdagi g‘alaba, Firdavs Hasanovning UFC bilan shartnoma tuzish imkoniyatini taqdim etar ekan. Albatta, yurtdoshimizga ushbu jangda omad tilaymiz!
Ma’lumot uchun, Lozoyaning rekordi 8-4 bo‘lsa, Hasanovniki 9-4 ko‘rinish olgan.
Fikrlar