
Firmino Evropada o‘ynaydigan eng yaxshi braziliyalik futbolchi deb topildi
Bu mukofot Evropada to‘p suradigan braziliyalik eng yaxshi futbolchi uchun topshiriladi. 27 yoshli forvard bu borada o‘tkazilgan so‘rovnomada 21,79 % ovoz to‘pladi va "Real" himoyachisi Marseloni 20,51 % ni ortda qoldirdi. PSJ etakchisi Neymar uchun esa 18,67 % ishtirokchilar ovoz berishdi.
Ma’lumot uchun, Firmino joriy mavsum Angliya Premer-ligasida 20 bahsda ishtirok etdi va 7 ta gol kiritib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar