Firmino A Seriya grandi safiga tekinga ko‘chib o‘tishi mumkin

  • 28 yanvar, 2023, 11:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Inter” yozda “Liverpul” hujumchisi Roberto Firminoni tekinga qo‘lga kiritmoqchi. Boisi braziliyalik futbolchining "Liverpul" bilan amaldagi shartnomasi joriy yilning yozida nihoyasiga etadi.

Tecno

La Gazzetta dello Sport nashri xabariga ko‘ra, Italiya grandi agar "Chelsi" belgiyalik hujumchi Romelu Lukakuning ijara muddati uzaytirmasa, uning o‘rniga aynan Firminoni tarkibga olib kelmoqchi. Qayd etilishicha, Robertoning o‘zi ham “Inter”ga o‘tishga katta qiziqish bildirmoqda.

Hozirda Firmino "Liverpul"dan yiliga 10 million evro maosh olmoqda. "Inter" esa bunchalik ko‘p to‘lashga tayyor emas. Biroq, Roberto o‘z maoshini yiliga taxminan 8 mln evroga kamaytirishga rozi bo‘lsa, "Inter" uning transferini ta’minlashi mumkin. Bu holda “neradzurrilar” Firminoning maoshi uchun soliqlar bilan birga yiliga 10,5 mln evro sarflaydi.

Ta’kidlash kerakki, bunday maosh Firminoni "Inter"ning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilari qatoriga qo‘shadi. Biroq bu miqdor hozirda Lukaku olayotgan maoshdan oshmaydi.

Ma’lumot uchun, Firmino joriy mavsum “Liverpul” safida jami 21 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!