
Firmino "Real"ning "short-list"ida
Madridning “Real” klubi hujumchi Roberto Firminoga qiziqish bildirmoqda.
Taniqli insayder Fabritsio Romanoning fikricha, braziliyalik forvard Madrid klubi tomonidan ko‘rib chiqilayotgan 4-5 hujumchilar ro‘yxatiga kiritilgan.
Firmino bilan muzokaralar olib borilmayotgan bo‘lsada, klubda faqat uning nomzodi bo‘yicha ichki muhokamalar davom etmoqda.
Roberto yozda erkin agentga aylanadi va "Liverpul"ni tark etadi. 32 yoshli hujumchi joriy mavsumda APLda 24 bahsda ishtirok etib, 10 ta gol urdi va 4 ta samarali uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar