Flik ayamay jazolayotgan “Barsa” o‘yinchisi kimligi oshkor bo‘ldi

  • 17 noyabr, 2024, 19:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” o‘yinini ijobiy tomonga o‘zgartira olgan yangi bosh murabbiy Xans-Diter Flik jamoada qat’iy tartib-intizom o‘rnatishga alohida e’tibor qaratayotgani ma’lum bo‘ldi.

Tecno

Ispan ommaviy axborot vositalarining yozishicha, germaniyalik mutaxassis frantsiyalik legioner Jul Kundeni bir necha marotaba jarimaga tortgan.

Bunga tajribali himoyachining mashg‘ulotlarga ko‘p kech qolayotgani sabab bo‘lgani aytilmoqda. Flik Kundedan tashqari biror boshqa futbolchiga hali jazo choralarini qo‘llagi yo‘q.

Manbaning ta’kidlashicha, Jyul Kunde ilk bor o‘yindan oldin ko‘rsatma berish jarayoniga kech kelgan. Keyin “Alaves”ga qarshi bellashuvga ikki daqiqa kech kelgani uchun zaxirada olib qolindi. Uchinchi holatda “Espanol” bilan bahsga bir daqiqa kechikdi va murabbiydan gap eshitdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!