Flik "Barsa"ga yangi hujumchi olib kelishni talab qilyapti
«Barselona» yangi mavsum oldidan jamoa bosh murabbiyi Hans-Diter Flik talabiga binoan yangi hujumchi qidirishni davom ettirmoqda. Bu haqida Sport.es nashri xabar berdi.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, kataloniyaliklar sport rahbariyati nemis murabbiyining istaklarini amalga oshirish ustida faol ish olib bormoqda. Ayni paytda «Atletiko»ning argentinalik hujumchisi Xulian Al’vares asosiy nomzod sifatida ko‘rilmoqda.
Shu bilan birga, agar Al’vares transferi amalga oshmasa, 20 yoshli fransuz forvard Eli Krupi («Bornmut») zahira varianti sifatida ko‘rib chiqilayotgani qayd etilgan.
Xulian Al’vares o‘tgan mavsumda klubi safida 49 o‘yin o‘tkazib, 20 ta gol urdi va 9 ta golli uzatma amalga oshirdi. U mundialda Argentina terma jamoasi tarkibida barcha sakkiz uchrashuvda maydonga tushib, bir bor raqib darvozasini ishg‘ol etgan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining taxminiy transfer qiymati 120 million evroni tashkil etadi. Uning «Atletiko» bilan tuzgan shartnomasi 2030 yil yozigacha amal qiladi.
Eli Krupi esa o‘tgan mavsumda «Bornmut» tarkibida 35 o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol urgan. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, fransuz hujumchisining bozor qiymati 70 million evro atrofida baholanmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi ham 2030 yil yozigacha mo‘ljallangan.

Fikrlar