Flik “Barsa”da o‘ynagan yana ikki yulduzga javob berib yubordi

  • 1 iyun, 2024, 20:28
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” bosh murabbiyligiga tayinlangan Xans-Diter Flik ishni tarkibni o‘ziga moslashtirishdan boshladi.

Tecno

Germaniyalik mutaxassislar o‘zi qo‘llaydigan o‘yin uslubiga mos tushmaydigan o‘yinchilarni tarkibdan chiqarmoqda.

Relevo nashrining yozishicha, Flik ijara asosida o‘ynab kelgan portugaliyalik o‘yinchilar Joau Kanselu va Joau Feliksni Kataloniyada olib qolmaydigan bo‘ldi.

Yangi bosh murabbiyga “Manchester Siti” va “Atletiko”dan olingan futbolchilarga mavsum davomida barqarorlik etishmasligi yoqmadi.

Endi bu o‘yinchilar ortga qaytib, o‘zlari uchun yangi ish joyi topishiga to‘g‘ri keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!