Flik “Barsa”ning “Real”dan ustun tomonini oshkor qildi

  • 2 may, 20:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Barselona”ni La Liganing peshqadamiga aylantirgan germaniyalik bosh murabbiy Xans-Diter Flik jamoasining o‘yin uslubini tanqid qilayotganlarga javob qaytardi.

- Ko‘pchilik bizni tavakkalga yo‘l qo‘yayotganimizni ta’kidlayapti. Men buni nemis matbuotida ham o‘qiyapman.

Biroq boshqa jamoalarga, xususan, “Real”ga e’tibor qaratsak, ular ham ko‘p gol o‘tkazib yubormoqda. Ular bilan farqimiz katta emas. Lekin bizning jamoa ularga qaraganda ko‘proq gol uryapti.

Balki bizning o‘yin uslubimiz haqiqatan ham tavakkalchilikka asoslangandir, biroq futbolchilarim qanday o‘ynayotgani menga yoqyapti. Biz yaxshi shakllangan jamoa ekanimizni namoyish qilishimiz muhimroq, - dedi Xans-Diter Flik.

“Barselona” bu mavsum La Ligada 33 ta uchrashuvda 89 ta to‘p kiritib, o‘z darvozasidan 32 ta gol o‘tkazib yubordi. “Real” futbolchilari hisobida 66 ta gol bor. Madridliklar bitta kam to‘p o‘tkazgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!