
Flik "Barselona"ni tark etishiga bir baxya qolgan futbolchini jamoada olib qoldi
"Barselona" himoyachisi Erik Garsiyaning qishki transfer oynasida jamoani tark etmagani sabablariga oid ma’lumotlar oshkor bo‘ldi.
Jurnalist Fabritsio Romanoning xabar berishicha, Garsiyaning ketishiga "Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik to‘sqinlik qilgan.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, "Komo" klubi kataloniyaliklar bilan himoyachini 8,4 million evro va qo‘shimcha bonuslar evaziga sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishgan. Biroq, Flik futbolchini jamoada saqlab qolishni qat’iy talab qilgani bois, kelishuv bekor qilingan.
Ma’lumot uchun, joriy mavsumda 24 yoshli Garsiya barcha musobaqalarda 22 ta o‘yinda ishtirok etib, raqiblar darvozasini uch marta ishg‘ol etdi hamda bir marta gol uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar