
Flik chempionlik poygasi haqida: "Real"— o‘z oldiga katta maqsadlar qo‘ygan jamoa
Kataloniyaning “Barselona” klubi bosh murabbiyi Hans-Diter Flik La Ligadagi chempionlik poygasi haqida fikr bildirdi. 32-turdan so‘ng “ko‘k-anorranglilar” Ispaniya chempionatida peshqadamlik qilmoqda va yaqin ta’qibchi “Real”ni to‘rt ochkoga ortda qoldirmoqda.
“Hammasi qanday yakun topishini bilmayman. O‘tkazilgan o‘yinlarga nazar tashlasak, biz uchun ham, "Real" uchun ham oson bo‘lmadi. Oldinda qolgan barcha uchrashuvlarni yutish qiyin bo‘ladi, chunki La Liga juda raqobatbardosh chempionat. Uning darajasi yuqori. Umid qilamizki, ochko yo‘qotmaymiz. Biz o‘z ishimizni qilamiz. Yo‘l hali yakunlanmagan va "Real" — o‘z oldiga maqsadlar qo‘ygan fantastik jamoa”, — deya murabbiyning so‘zlarini keltirdi Ispaniyaning "Sport.es" onlayn-nashri.
Flik shogirtlari Ispaniya chempionatida 23 ta g‘alaba, 4 ta durang va 5 martda mag‘lub bo‘lishgan. Jamoa 88 ta gol urib, o‘z darvozasidan 32 ta to‘p olib chiqdi.
Fikrlar