Flik Laporta va Dekudan APL hujumchisiga e'tibor qaratishni so'radi

  • 14.10.2026 22:44
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik markaziy hujumchi pozitsiyasi uchun yangi futbolchi olib kelishni istamoqda. Seshanba kuni germaniyalik mutaxassis «Galatasaroy» hujumchisi Viktor Osimxenning oʻyinini diqqat bilan kuzatdi. Biroq Flik nigeriyalik futbolchi jamoaning hozirgi saviyasini oshira olmaydi, degan xulosaga keldi.

«Barselona» kelajak uchun hujumchi izlamoqda. Shu munosabat bilan kataloniyaliklar Xulian Alvares va Erling Xolann kabi futbolchilar bilan bogʻlanmoqda. Biroq Flik boshqa futbolchiga eʼtibor qaratdi. Bu haqida El Nacional maʼlumotiga tayanib, «Gazeta.Ru» xabar berdi.

Flik Rafiҳaning hujumdagi samarali oʻyini, shuningdek, jamoada Gabriyel Jezus va Hamza Abdelkarim borligini hisobga olib, yangi hujumchi uchun juda katta mablagʻ sarflashni maqsadga muvofiq deb hisoblamaydi.

«Alvares va Xolann haqida koʻp gapirilmoqda. Ular ikki asosiy nomzod hisoblanadi. Biroq germaniyalik murabbiy Joan Laporta va Dekuga boshqa tipdagi futbolchiga eʼtibor qaratishni tavsiya qilmoqda. Flik elita darajasida oʻzini koʻrsatishga ulgurgan, yosh va istiqbolli futbolchini taklif qilish tarafdori. Bu borada Hansining eʼtiborini Eli Juniyor Krupi tortdi», — deb yozdi Ispaniya nashri.

Flikning fikricha, «Bornmut»ning 20 yoshli hujumchisi Eli Juniyor Krupi katta salohiyatga ega. Transfermarkt portali Fransiya yoshlar terma jamoasi futbolchisining transfer qiymatini 70 million yevro deb baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!