Flik PSJ yulduzini olib kelishni talab qilayapti
Portugaliya milliy terma jamoasi va Fransiyaning “Pari Sen-Jermen” klubi qanot himoyachisi Nunu Mendes La Liganing top-klubida faoliyatini davom ettirishi mumkin.
Bu haqida ispan OAVlari xabar bermoqda.
Kataloniyaning “Barselona” klubi ushbu yulduzni sotib olishga jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Yanada aniqrogʻ aytilsa, 23 yoshli futbolchini sotib olishni shaxsan “Barsa” bosh murabbiyi Hans-Diter Flik talab qilmoqda.
Germaniyalik mutaxassis “Barselona” rahbariyatiga Mendesni xarid qilishni soʻrab murojaat qilgani aytilmoqda.
Transfermarkt portali ekspertlari bahosiga koʻra, portugaliyalik himoyachining bozor qiymati 75 million evroni tashkil etadi.
Himoyachi bilan Parij grandi oʻrtasidagi amaldagi shartnoma 2029 yil iyun oxirigacha moʻljallangan.

Fikrlar