Flik va Yamal "Barselona"ga yulduz futbolchini taklif qildi

  • 06.08.2026 22:51
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Barselona» yaqin kunlarda juda shov-shuvli transferni amalga oshirishi mumkin. Kataloniya klubi yarim himoya chizig‘ini kuchaytirish uchun Rodrini olish rejasida va bu borada «Real» bilan kurashyapti. The Touchline nashri ispan nashri Sport jurnalisti Karlos Monfortaga tayanib xabar berishicha, «Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik shaxsan Rodrigga qo‘ng‘iroq qilib, klub loyihasini tushuntirgan va uni jamoaga qo‘shilishga ko‘ndirishga urinagan.

Manbalarga ko‘ra, aynan shu suhbat vaziyatni tubdan o‘zgartirgan: «Real» bilan muzokaralarda sezilarli siljish bo‘lmaganidan so‘ng, Rodri endi «Barselona»ga o‘tish variantini jiddiy ko‘rib chiqmoqda.

Rodri bilan faqat murabbiy emas, balki «Barselona» futbolchilari ham gaplashgan. Jumladan, Lamin Yamal ham yarim himoyachi bilan muloqot qilgani aytilmoqda. Jamoa yetakchilari 30 yoshli futbolchini «Kamp Nou»ga ko‘chib o‘tish imkoniyatini sinchiklab o‘rganishga chaqirishgan.

Hozircha Rodri barcha takliflarni solishtirib, qaror qabul qilish arafasida turibdi. «Barselona» esa moliyaviy jihatlar bo‘yicha muzokaralarga kirishishdan oldin futbolchidan aniq javob olishni istamoqda.

Eslatib o‘tamiz, Rodrining «Manchester Siti» bilan amaldagi shartnomasi 2026/2027 yildgi mavsum oxirigacha mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!