Flik: "Yamal va Pedri — geniylardir. Ular "Barselona" kelajagi"

  • 20 iyun, 19:17
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik jamoa yosh yulduzlari haqida iliq fikr bildirdi. U jamoa hujumchisi Lamin Yamal va yarim himoyachi Pedrini haqiqiy iste’dod egasi deb atadi.

Tecno

"Men buni ko‘p marotaba aytganman: Yamal — geniy. U bor-yo‘g‘i 17 yosh. Biz uni qo‘llab-quvvatlashimiz shart. Hozircha hammasi joyida, lekin agar u keyingi 15 yil davomida yuqori saviyada qolmoqchi bo‘lsa, faqatgina yaxshi mashg‘ulotlar etarli emas — u mental jihatdan ham tayyor bo‘lishi kerak. U aqlli bola.

Futbolda zavqlanish etarli emas, juda ko‘p mehnat qilish kerak. Unga o‘rnak bo‘ladigan futbolchilar bor. masalan, Rafinya — u ham Yamalga ishonadi"
— deya ta’rif berib o‘tdi germaniyalik mutaxassis.

Shuningdek, Flik 22 yoshli Pedri haqida ham fikr bildirdi:

"U ham geniy. To‘p Pedrida bo‘lganida tomosha qilish zavq beradi. Unga ega ekanligimiz juda ham yaxshi. Ishonamanki, yaqin yillarda u jamoamizning etakchisiga aylanadi" – dedi nemis mutaxassisi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!