Florentino Peres Mouriьno bilan uchrashdi
"Real" prezidenti Florentino Peres "Benfika" bosh murabbiyi Joze Mourinyo bilan uchrashuv o‘tkazdi, unda portugaliyalik mutaxassisning Madrid klubiga qaytishi muhokama qilindi, deb xabar bermoqda Mundo Deportivo.
Uchrashuv videokonferensiya shaklida bir soat davom etdi. Shu bilan birga, Mourinyo agenti ham mehmon sifatida ishtirok etdi, ammo muhokamada ishtirok etmadi. Ma’lum qilinishicha, portugaliyalik murabbiy "Real"ga qaytishini istisno qilmagan, ammo aniq javob ham bermagan.
Mourinyo hozircha oshkor etilmagan bir qator shartlarni ilgari surdi, ammo ular moliyaviy emas, balki jamoaning sport, tibbiy, tashkiliy va intizomiy jihatlari bilan bog‘liq. Peres mutaxassisga kelasi hafta javob berishi kutilmoqda.
Murabbiy 2010 yildan 2013 yilgacha "Real"ni boshqargan. Madrid klubi bilan mutaxassis Ispaniya chempionati, shuningdek, mamlakat kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritdi.

Fikrlar