Florentino Peres “Real”ga yangi yulduz tanladi

  • 08.06.2026 23:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning “Real” klubi prezidenti Florentino Peres “Chelsi” yarim himoyachisi Enzo Fernandez transferini amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

“Qirollik klubi” rahbari argentinalik yulduzni oʻz prezidentlik kampaniyasining muhim qismiga aylantirmoqchi.

Bu haqida Transfer News Live nashri jurnalist Latigo Serranoga tayanib xabar berdi.

Shuningdek, Peres londonliklar yarim himoyachisining transferini “orzudagi transfer”, deb hisoblayotgani taʼkidlanmoqda.

Enzo Fernandez anchadan beri “Real”ga oʻtishi mumkin boʻlgan futbolchilar qatorida tilga olinmoqda.

25 yoshli futbolchining “Chelsi”bilan amaldagi shartnomasi 2032 yilgacha moʻljallangan. Argentinalik yulduz jamoasi mavsumni omadсиз oʻtkazayotganligi uchun kuchliroq klublarga oʻtish imkoniyatini oʻrganib chiqmoqda.

Transfermarkt portali uning qiymatini 90 million yevro, deb baholagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!