
Florentino Peresning ta’kidlashicha, Beyl ushbu mavsumda "Real" ning asosiy o‘yinchisi bo‘ladi
"Real" prezidenti Florentino Peres La Liganing 1-tur uchrashuvida "Selta" ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng (3:1) yarim himoyachi Garet Beyl bilan suhbatlashdi.
Klub rahbari Beyl ushbu mavsumda jamoa etakchilaridan biriga aylanishiga ishonch bildirdi.Shuningdek, Peres futbolchi "Real"dan ketmaganidan xursand, garchi u yozgi transfer oynasida bunga yaqin bo‘lgan bo‘lsada.
Kecha Beyl "Selta"ga qarshi o‘yinning boshlang‘ich tarkibiga kirib, uchrashuvda golli uzatma ham amalga oshirdi. O‘yindan keyin "Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan 30 yoshli futbolchi jamoada qolishini e’lon qildi.
Fikrlar