Florian Virtz Arne Slot haqida savollarga javob berdi
"Liverpul" yarim himoyachisi Florian Virts jamoa bosh murabbiyi Arne Slot uchun oʻynashda davom etayotganligi haqidagi savollarga javob berdi.
"Biz murabbiyga ishonamiz. Axir u oʻtgan mavsum APL chempionlikni qoʻlga kiritdi. Bu mavsum koʻplab yaxshi oʻyinlar oʻtkazdik. Lekin biz hozirgidan koʻprogʻiga erishmoqchi edik. Biz jamoa bilan oxirigacha kurashamiz, oldimizda katta maqsadlar bor", - dedi germaniyalik xavbek.
Maʼlumot uchun, Slot shogirdlari ayni vaqtda APL turnir jadvalidа 31 ta uchrashuvda 49 ochko jamgʻargan holda turnir jadvalidа 5-pogʻonani egalab turibdi.
Fikrlar