"Football Benchmark" agentligi Evropaning eng qimmat klublari ro‘yxati e’lon qilindi

  • 29 may, 14:53
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Football Benchmark" agentligi versiyasiga ko‘ra, Evropaning eng qimmat klublari ro‘yxati e’lon qilindi. Unga ko‘ra, ikkinchi yil ketma-ket etakchilikni saqlab qolgan Madridning "Real" klubi reytingda birinchi o‘rinni egalladi.

Klubning umumiy qiymati (Enterprise value — kompaniyaning umumiy moliyaviy bahosi, qarz va aktsiyalarni ham o‘z ichiga olgan holda) 6,278 milliard evroni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 23 foizga oshgan.

Eng katta o‘sishni Birlashgan Qirollik klublaridan "Aston Villa" qayd etdi — 42% o‘sish bilan 19-o‘ringa (899 mln evro) ko‘tarildi. Eng katta pasayish esa Niderlandiyaning "Ayaks" klubida kuzatildi — 22% yo‘qotish (27-o‘rin, 536 mln evro).

Italiya grantlari — "Milan", "Inter" va "Yuventus" klublari birinchi o‘ntalikka kirolmadi. Ular mos ravishda 13, 14 va 15-o‘rinlarda joylashdi.

Top-10 quyidagicha ko‘rinish oldi:

1. "Real" — 6,278 mlrd evro
2. "Manchester Siti" — 5,104 mlrd evro
3. "Manchester Yunayted" — 5,051 mlrd evro
4. "Barselona" — 4,459 mlrd evro
5. "Bavariya" — 4,281 mlrd evro
6. "Liverpul" — 4,207 mlrd evro
7. "Arsenal" — 4,010 mlrd evro
8. PSJ — 3,760 mlrd evro
9. "Tottenxem" — 3,659 mlrd evro
10. "Chelsi" — 3,016 mlrd evro

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!