
Football Italia: "Milan" yangi mavsumda Evropa ligasida ishtirok etmaydi
Football Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra "Milan" 2019/20 yilgi mavsumda evrokuboklarni o‘tkazib yuboradi.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra UEFA moliyaviy feyr-pley qoidasini buzgani uchun “rossonerilar”ni bir yilga evrokuboklardan chetlatish bilan jazolaydi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Milan” rahbariyati ham Evropa ligasini o‘tkazib yuborishga rozi ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, “Milan”ning Evropa ligasidagi o‘rnini “Roma” egallaydi, “Roma”ning o‘rniga esa “Torino” saralashda ishtirok etadi.
Fikrlar