
“Formula-1”. Ikkala erkin amaliyotda ingliz jamoalari eng zo‘ri bo‘ldi
Qirollik poygalarining Kanada Grand-Prisining birinchi va ikkinchi erkin amaliyot o‘z nihoyasiga etdi. Unda “Maklaren” poygachisi Lando Norris 8 aylanada eng tezkor bo‘ldi. Ikkinchi va uchinchi joylarni “Ferrari”ning pilotlari Karlos Sayns va Sharl Lekler egallashdi.
Amaliyot vaqtida “Zauber” haydovchisi Guanyu Zou to‘siq bilan to‘qnashgani uchun qizil bayroqlar ko‘tarildi. Shu sababli, Jek Dueyn (“Alpin”) va Aleksandr Albon (“Uilyams”) trekda aylana vaqtini ko‘rsata olishmadi.
Ikkinchi mashg‘ulotlarda Fernando Alonso (“Aston Martin”) eng tezkor bo‘ldi, ikkinchi Jorj Rassell, uchinchi Lans Stroll (“Aston Martin”) bo‘ldi. Birinchi amaliyotdan eng tezkor natija qayt etgan Lando Norris esa oxirgi o‘rinni egalladi. Maks Verstappen bo‘lsa, 2-amaliyotni darhol tugatishga to‘g‘ri keldi. Niderlandiyalikning aytishicha, amaliyot vaqtida mashinadan kuygan hid kelgan. Mexaniklar tekshiruvidan so‘ng, batereyalarda muammo paydo bo‘lgani aniqlangan.
Fikrlar