Formula-1. Jorj Rassell 100 yil oldin chempion bo‘lgan Mercedes'ni haydab ko‘rdi

  • 21 may, 2024, 10:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Avto/Moto
CHERY AUTO

Britaniyalik Formula-1 piloti, Mercedes-AMG Petronas Motorsport jamoasi a’zosi Jorj Rassell 1924 yilda ishlab chiqarilgan Mercedes poyga mashinasida sayr qildi. U Ferdinand Porshe tomonidan yaratilgan.

Tecno

Mercedes kompaniyasi Kristian Verner 1924 yilgi Targa Florio musobaqasida g‘olib chiqqan avtomobilni qayta tikladi. Mercedes-Benz kompaniyasining ma’lum qilishicha, nodir avtomobillarning minglab ishqibozlari britaniyalik poygachini kutib olish uchun ko‘chalarga chiqishgan.

Djordj Rassell i gonochnyy Mercedes 1924 goda

“100 yoshli Mercedes ruliga o‘tirishga aql bovar qilmaydi. Yo‘lda emas, muzeyda ko‘rish mumkin bo‘lgan avtomobilni menga ishonib topshirgani - bu men uchun haqiqiy sharafdir. Bunday mashinani haydash chinakam zavq”, - dedi Rassel.

Djordj Rassell za rulyom Mercedes 1924 goda

Avtomobilni qayta tiklash Mercedes-Benz Heritage bo‘limi tomonidan amalga oshirildi. Poygalar Sitsiliya tog‘larida bo‘lib o‘tdi. Ta’kidlash kerakki, u erda XX asrning boshlarida Targa Florio musobaqalari o‘tkazilgan.

1924 yilda Targa Florio musobaqasining masofasi 432 kilometrni tashkil etdi va Kristian Verner uni 6 soat 32 daqiqa 37,4 soniyada bosib o‘tib, chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!