
Formula-1. Mavsumning so‘ngi poygasi yakunlandi. Chempionlar nomi ma’lum
2024 yilgi Formula-1 mavsumining yakuniy poygasi Birlashgan Arab Amirliklaridagi Yas Marina trassasida bo‘lib o‘tdi. Bu poygada "Maklaren" jamoasi haydovchisi Lando Norris g‘alaba qozonib, jamoasiga 1998 yildan buyon ilk marta Konstruktorlar chempionatida g‘alaba keltirdi.
Poygada "Ferrari" haydovchilari Karlos Sayns va Sharl Lekler ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni egallashdi.
Bu poyga bir qator haydovchilar uchun muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Xususan, Valtteri Bottas, Kevin Magnussen va Jou Guanyu ushbu poygadan so‘ng Formula-1dagi faoliyatlarini yakunlashdi. Shuningdek, Lyuis Xemilton "Mersedes" jamoasi bilan so‘nggi poygasini o‘tkazib, kelasi mavsumda "Ferrari"ga o‘tishini ma’lum qildi.
Yakunlangan mavsum natijalariga ko‘ra, Maks Verstappen 437 ochko bilan haydovchilar chempionatida g‘olib bo‘ldi. Lando Norris 374 ochko bilan ikkinchi, Sharl Lekler esa 356 ochko bilan uchinchi o‘rinni egalladi. Konstruktorlar chempionatida "Maklaren" 666 ochko bilan birinchi, "Ferrari" 652 ochko bilan ikkinchi, "Red Bull" esa 589 ochko bilan uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Fikrlar