
"Fotih Karagyumruk" so‘ngi daqiqalarda g‘alabani qo‘ldan chiqardi. Otabek Shukurov maydonda 90 daqiqa harakatlandi
Turkiya chempionatining 19-turidan o‘rin olgan "Kasimpasha" - "Fotih Karagyumryuk" uchrashuvi tugadi. Ushbu o‘yinda kuchlar teng keldi.
Dastlab, mezbonlar hisobni ochdi. Ammo ikkinchi bo‘limda Otabek Shukurov va uning jamoadoshlari ikkita gol urib, kichik kambek qilishga muvaffaq bo‘ldi. Ikkinchi taymga qo‘shib berilgan daqiqalarda Boaken gol urib hisobni 2:2 ko‘rinishiga olib keldi. Hamyurtimiz esa maydonda 90 daqiqa harakatlandi.
Shu tariqa, "Fotih Karagyumryuk" turnir jadvalida 10-o‘ringa chiqib oldi.
Fikrlar