Franchesko Totti: "Maydonga qaytamanmi?! Barcha narsa ro‘y berishi mumkin"

  • 22 oktabr, 2024, 09:40
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya futboli va "Roma" klubining tirik afsonasi Franchesko Totti 48 yoshida yashil maydonga qaytishini istisno etmadi. 

"Yaqinda men bilan bog‘lanishdi. Hayotda siz hech qachon "hech qachon" deya olmaysiz. A Seriya sizdek futbolchilarni yana qabul qilishga tayyor. Maydonda sizni yana ko‘rishimiz faqat quvonch bag‘ishlaydi.

Ammo chempionatda o‘ynash uchun juda yaxshi mashq qilishim kerak. So‘nggi paytlarda A Seriyaning ba’zi klublari menga qiziqish bildirishdi. Bu chamasi bir oylar oldin sodir bo‘ldi va bu holat meni  yaxshi ma’noda biroz aqldan ozdirdi. Shunda o‘ylab qoldim: Salkam 50 yoshni qarshilagan bo‘lsang-u, lekin hali-hamon hurmat va izzatda bo‘lsang, bunday ortiqroq baxt yo‘q menimcha",
- dedi "Roma"ning sobiq sardori.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!