Frantsiya. Balotellisiz “Nitstsa” mag‘lub, “Real”ning sobiq hujumchisi jamoasiga g‘alaba keltirdi

  • 12 avgust, 2017, 05:04
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha Frantsiya chempionatida 2-turdan o‘rin olgan ikki bellashuv bo‘lib o‘tdi. “Renn” o‘z maydonida “Lion” bilan kuch sinashdi va 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. E’tiborlisi, Madridning “Real” klubi sobiq hujumchisi Mariano Dias bu tur ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘yishga erishdi va aynan uning goli jamoasiga 3 ochko keltirdi.

Tecno

Ikkinchi bahsda esa “Nitstsa” o‘z maydonida “Trua”ni qabul qildi. Bu o‘yinni Balotellisiz o‘tkazgan mezbonla 1:2 hisobida imkoniyatni boy berishdi.

Frantsiya chempionati. 2-tur

Nitstsa – Trua 1:2 (0:0, 1:2)

Gollar: 0:1 – 53 Nyan, 1:1 – 63, penalti Plea, 1:2 – 85 Kaui.

Nitstsa – Kardinal, Suke, Dante, Le Marshan, Sarr (Jalle, 70), Kozello, Seri, Le-Melu (Marsel, 88), Srarfi (Mau, 60), Sent-Maksimen, Plea.

Trua – Samassa, Deplan, Viskarrondo, Erey, Traore, Bellyugu (Konfe, 79), Dingome, Gransir (Kaui, 84), Nive (Azamum, 70), Darbon, Nyan.

Ogohlantirishlar: Viskarrondo (62), Samassa (62), Kozello (63), Erey (77), Dante (90).

 

Renn – Lion 1:2 (0:0, 1:2)

Gollar: 0:1 – 57 Depay, 0:2 – 74 Dias, 1:2 – 86 Burigo.

Renn – Diallo, Traore, Mesher, Nyanon, Bensebayni, Mauassa, Burigo, Andre, Baal (Tel, 66), Sarr, Mubele.

Lion – Antoni Lopesh, Rafael (Tete, 61), Marselo (Diakabi, 87), Morel, Marsal, Tuzar, Darder, Traore, Fekir, Depay (Korne, 80), Dias.

Ogohlantirishlar: Marsal (9), Bensebayni (14), Tuzar (68), Darder (83).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!