Frantsiya o‘z uslubida, Portugaliya esa iroda namoyish qildi

  • 2 iyul, 2024, 07:30
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Evro-2024"ning nimchorak finalidan o‘rin olgan uchrashuvlar davom etadi. Frantsiya Belgiyani, Portugaliya esa Sloveniyani mag‘lub qilib, chorak finalga yo‘l oldi. 

Frantsiya - Belgiya o‘yinida frantsuzlar ustunlikka ega bo‘lishdi va haqli tarzda zafar quchdi. Belgiya esa o‘yin davomida 5 marta zarba bergan bo‘lsa, shulardan 2 tasi darvoza tomon aniq bordi. Lukaku ham o‘z uslubida. Desham shogirdlari ketma-ket hujumlardan keyin gol urishga muvaffaq bo‘ldi. 85-daqiqada Kante Belgiya jarima maydonchasi ichida turgan Muaniga to‘pni uzatdi va Kolo zarba yo‘lladi. To‘p esa Vertongenga tegib, darvoza to‘ridan joy oldi. Shu tariqa, Frantsiya chorak finaliga chiqdi.

France v Belgium LIVE: Euro 2024 result and reaction as Jan Vertonghen own  goal proves decisive | The Independent

Portugaliya Sloveniyaga qarshi bahsda iroda namoyish qildi. O‘yinning asosiy va qo‘shib berilgan daqiqalarida gollar urilmadi. Ammo Ronaldu buni amalga oshirish imkoniyatga ega bo‘ldi. 105-daqiqada Jotaga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi va penalti belgilandi. Oblak esa Krishitianuning zarbasini qaytardi. Shundan keyin 39 yoshli futbolchining o‘zi ham g‘alabaga ishonmagan shekilli, yig‘lab yubordi. 

Image

Penaltilar seriyasida Koshta katta sahnaga chiqdi. Darvozabon sloveniyaliklarning 3 ta penaltisini qaytarib, jamoasini chorak finalga olib chiqdi. Shu bilan birga, seriyada Ronaldu ham gol urishga muvaffaq bo‘ldi. 

Chorak finalda Portugaliya - Frantsiya to‘qnashuvini tomosha qilamiz. O‘yin 6 iyul kuni bo‘lib o‘tadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!