
Frantsiya terma jamoasiga chaqirilmagan futbolchi endi Ispaniya termasi uchun o‘ynaydi. Dide Desham bu borada nima deydi?
Emerik Lyaport hatto "Manchester Siti"ning etakchi himoyachisiga aylangan paytda ham, uni Frantsiya terma jamoasiga chaqirishmadi. Oxir oqibat Lyaport futbol fuqaroligini o‘zgartirdi va Ispaniya terma jamoasi sharafini himoya qilishga majbur bo‘ldi.
Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham ushbu vaziyatga munosabat bildirdi.
“U tanlash huquqiga ega edi, chunki u bizning termamizda o‘yin o‘tkazmadi. Lyaport har doim taxminiy ro‘yxatlarda bo‘lgan, ammo kuchli raqobat mavjudligidan qolib ketardi.
Men futbolchi ikkinchi variantga ega bo‘lishiga to‘sqinlik qilmoqchi emasman, aks holda uning boshqa terma jamoaga o‘tishiga xalaqit berardim. Bu uning tanlovi. Lyaportga eng yaxshi tilaklarimni tilayman", - dedi Desham La Provence nashriga bergan intervyusida.
Fikrlar