Frantsiyaning mashhur klubi shifokori koronavirusga chalingach o‘z joniga qasd qildi

  • 6 aprel, 2020, 00:11
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiyaning “Reyms” klubi shifokori Bernar Gonsales o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda Le Parisien nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 60 yoshli vrach koronavirusga chalingan va xotini bilan karantinga olingan edi.

Reyms shahri meri Arno Robine shifokorning o‘limi sabablarini oshkor qilishdan bosh tortdi. Biroq, Le Parisien nashrining yozishicha Gonsales o‘limidan oldin qoldirgan xabarida o‘z joniga qasd qilishi COVID-19 virusiga chalingani bilan bog‘liq ekanini tushuntirib o‘tgan.

Ayni damgacha Frantsiyada koronavirus bilan bog‘liq 90 087 ta holat qayd etilgan. Shularning 7 562 nafari vafot etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!