
"Freestyle Chess-2025". Sindarovda durang, Abdusattorov esa Karlsenga yutqazdi
Xabaringiz bor, bugun Germaniyaning Vaysenxaus shahrida "Freestyle Chess-2025" turniri bo‘lib o‘tmoqda.
Unda hamyurtlarimiz Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarov qatnashmoqda. Musobaqaning aylanma tizimi yakunlandi. Bugun chorak final birinchi o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.
Javohir Sindarov amerikalik Hikaru Nakamura bilan bellashib, durang qayd etdi. Nodirbek Abdusattorov esa Maguns Karlsenga imkoniyatni boy berdi. Bundan tashqari, Vinsent Keymar Alireza Fmruzjani, Fabio Karauna Gukeshni taslim etdi.
Eslatib o‘tamiz, mukofot jamg‘armasi 750 ming dollarni tashkil qiluvchi turnir 17 fevralga qadar bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar