Frenk Lempard: "Bu men uchun eng yoqimli g‘alaba"

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Chelsi" bosh murabbiyi Frenk Lempard "Ayaks" (1:0) ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng o‘yin haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Men juda hursandman. Xar bir chiziqda ajoyib harakat qildik. Buni natija ham ko‘rsatib turibdi. Raqib ham juda kuchli edi.

Batshuayining maydonga tushishi o‘yin tezligini oshirar edi. U o‘z imkoniyatini kutdi va bundan foydalandi.

Biz to‘psiz harakat qilishga majbur bo‘ldik. Shuning uchun ham bu mening eng yoqimli g‘alabam bo‘ldi. Ammo men "Bernli" haqida o‘ylashni boshladim.

"Ayaks"ni hurmat qilamiz va shunday bo‘lishi ham kerak. Biz to‘g‘ri yo‘ldamiz. Bu haqda ko‘plar gapirishmoqda. Beshta o‘yinda ketma-ket g‘alaba - ajoyib, ammo oltinchisi undanda yaxshi bo‘ladi" - deydi murabbiy.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!