
Frensis Ngannu ishtirok etuvchi "PFL Battle of the Giants" turnirining vazn o‘lchash marosimi yakunlandi
19 oktyabr kuni Saudiya Arabistoning Ar-Riyod shahrida "PFL Battle of the Giants" turniri o‘tkaziladi. Uning asosiy to‘qnashuvida Frensis Ngannu va Renan Ferreyra chempionlik uchun kurash olib boradi.
Bugun musobaqa ishtirokchilari uchun rasmiy vazn o‘lchash marosimi bo‘lib o‘tdi. Quyida barcha natijalar bilan tanishishingiz mumkin:
Frensis Ngannu (116,48 kg) - Renan Ferreyra (118,61 kg)
Kris Sayborg (65,54 kg) - Larissa Pacheko (65,36 kg)
Jonni Eblen (83,78 kg) - Fabian Edvards (83,87 kg)
Xuseyn Kadimagomaev (66,22 kg) - Zafar Moxsen (66,13 kg)
Ey Jey Makki (70,67 kg) - Pol Xyuz (70,67 kg)
Markos Breno (61,69 kg) - Raufon Stots (61,6 kg)
Dedrek Sanders (70,26 kg) - Makkasharip Zaynukov (69,67 kg)
Nacho Kampos (66,18 kg) - Ibragim Ibragimov (66 kg)
Taxa Bendaud (66 kg) - Tarik Ismail (65,82 kg)
Fikrlar