"FUJAIRAH GLOBAL Chess Championship". Hindistonlik va BAA vakillari bilan hisob-kitob - o‘zbekistonlik sportchilarning bugungi raqiblari kimlar?

  • 29 avgust, 09:28
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Shaxmat
CHERY AUTO

Birlashgan Arab Amirliklarining Fujayra shahrida birinchi bor o‘tkazilayotgan "Fujairah Global Chess Championship 2025" nufuzli musobaqasi davom etadi. Ushbu katta turnirda O‘zbekiston sharafini bir qator yoshlarimiz himoya qilmoqda. Bugun 6-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.

Tecno

"Masters" guruhida  qatnashayotgan Shermuhammadov Samandar bugun hindistonlik Sanket Chakravarty bilan bellashadi. U o‘tgan turda eronlik Alinasab Mobinaga qarshi qora donalarda o‘ynadi va g‘alaba qilgan edi.

"Open" guruhi

Abdulazizov Asilbek bugun qatarlik Al-Janahi Ibrahim bilan bellashadi. U o‘tgan turda oq donalarda hindistonlik Nishita Karthik bilan o‘ynagandi va qiyinchilik bilan g‘alabani tantana qilgandi.

Abdulazizov Asadbek 6-turda hind sportchisi Nikhil Siriram bilan bahsga kirishadi. Uning o‘tgan turdagi raqibi Suleymanova Ava bo‘ldi va murosa ko‘chasi tanlandi.

Abdurasulov Muzaffarjon fillipinlik Ramesh Raj bilan partiyaga kirishadi. Muzaffarjon o‘tgan turda hindistonlik Krigna Bommi bilan kurash olib borib, mag‘lubiyatga uchradi.

Abdulazizova Asmiraxonning bugungi raqibi hindistonlik Advaith Praveen bo‘ladi. Asmiraxon o‘tgan turda oq donalarda hindistonlik Dahvid Sibi Kurisinkal bilan omadsizlikka uchragandi. 

Abdulazizova Asminaxonga o‘tgan turda ham biroz omad etishmadi. Mahalliy Ammar Abdulla bilan qiyin partiyada mag‘lubiyatga uchragan vakilamiz bugun ham BAA vakili Mohamed Almaene bilan bellashadi. 

Eslatib o‘tamiz, musobaqa 1-sentyabrga qadar davom etadi. Barcha ishtirokchilarimizga omad tilaymiz!

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!