
Futbol o‘ynashni bilasanlarmi? Ronalduning jamoadoshlaridan jahli chiqdi
Saudiya Arabistoniga kelganidan beri hali birorta nufzli sovrinni qo‘lga kirita olmagan Krishtianu Ronaldu yana bir imkoniyatni qo‘ldan chiqardi.
“An-Nasr” Saudiya Arabistoni Superkubogi uchun “Al-Hilol”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda qaqshatqich mag‘lubiyatga uchradi.
39 yoshli portugaliyalik yulduz xatti-harakatlari bilan “An-Nasr” birinchi bo‘lim oxirida hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi.
Tanaffusdan keyin “Al-Hilol” raqib darvozasini to‘rt marotaba ishg‘ol qildi.
To‘rtinchi goldan keyin alamiga chiday olmagan Krishtianu Ronaldu jamoadoshlariga keskin tarzda norozilik bildirdi.
Bundan tashqari, jahliga erk bergan portugaliyalik yulduz Superkubokning taqdirlash marosimida ham ishtirok etmadi.
Fikrlar