Futbol uchrashuvi vaqtida hakam maydonda otib o‘ldirildi
Ekvadorda havaskor jamoalar oʻrtasidagi oʻyin vaqtida futbol hakami Xavyer Ortega maydonda otib oʻldirildi, deb xabar beradi LA100 nashri.
Halok boʻlgan hakamning yoshi maʼlum qilinmagan. Ortega oʻziga tekkan oʻq tufayli maydonda darhol vafot etgan.
Hukumat nazorati ostida politsiya aybdorlarni va jinoyat sababini aniqlash uchun tergovni boshladi.
Maʼlum qilinishicha, tashkilotchilar hodisa sabablari aniqlanmaguncha kelgusi oʻyinlarni toʻxtatgan.

Fikrlar